Sifatli va uzluksiz elektr ta’minoti



“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlari (1-4 sentyabr) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati





“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda yuklama bilan ishlab turgan yuqori kuchlanishdagi nimstansiyalarda modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Belgilangan chora tadbirlar asosida 4 dona nimstansiyalarda quvvat oshirilib, 3 dona nimstansiyada qo’shimcha kuch transformatorlari montaj qilindi va ishga tushirildi.

Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar aholi hamda tadbirkorlarga yanada sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrining “Abdurauf Fitrat” mahalla fuqarolar yig’ini hududida mustahkam-temir beton tayanchlari o’rnatilib, himoyalangan SIP kabellari tortilmoqda. Hozirga qadar hududda 150ga yaqin tayanchlar tiklandi. Shuningdek, mahallada 8000 metr uzinlikdagi elektr tarmog’ini yangilash ko’zda tutilgan bo’lib, ayni damda kabel tortish ishlari bajarilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ Nimstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan belgilangan yillik reja-grafigi asosida joylardagi nimstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinib, me’yoriy ishlash holati ta’minlanmoqda. Shuningdek, mutaxassis xodimlar tomonidan sinov va sozlash, rele himoyasi hamda avtomatikasini tekshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi elektr qurilmalari mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldini olinishiga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati



“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan belgilangan yillik reja jadvali bo’yicha 110 hamda 35 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida tarmoqlar navbatdan tashqari ko’rikdan o’tkazilmoqda va aniqlangan nosozliklar bartaraf etilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati