#Jarayon

Ob-havoning noqulayliklariga qaramay Shofirkon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Jo’shora” MFY Jo’sho’ra qishlog`ida yashovchi fuqarolarning murojaatlariga asosan elektr energiya ta`minotini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududga maxsus texnikalar yordamida 5 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatildi. Shuningdek, 400 metr uzinlikdagi SIP kabellarini tortish rejalashtirilgan.

▶️MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati

#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlari ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Mutaxassislar balandligi 25 metr bo’lgan tayanchlarga chiqib, ta’mirlash ishlarini olib bormoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

#Jarayon

Shofirkon tumani aholisi, ijtimoiy soha obyektlari hamda tadbirkorlarni sifatli va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tumandagi “Shofirkon” 110/35/10 kV podstansiyasida modernizatsiya, yangilash ishlari olib borilmoqda. Podstansiya 1980 yilda ishga tushirilgan bo’lib, undagi manan eskirgan yopiq taqsimlash qurilmalari zamonaviysiga almashtirilmoqda. Ushbu qurilmalarning yangilanishi podstansiyada kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olishga va iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

«Buxoro HETK» AJ Matbuot xizmati

#Nosozliklar_bartaraf_etilmoqda

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan sovuq kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talabning ortishi natijasida elektr qurilmalarida yuklama ortib, «KS-1» 110/35/6 podstansiyasida kelib chiqgan nosozliklar bartaraf etilmoqda. Har qanday ob-havo sharoitida, tun-u kun mehnat qilayotgan kasb fidoyilari ta’mirlash, tiklash ishlarini olib bormoqdalar.

«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Kogon shahri hududlari elektr energiyasi ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar bo’yicha qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Bugun kunda kuzatilayotgan anomal sovuq ob havo sababli elektr energiyasiga bo’lgan talabning oshganligi tufayli energo tizimda quvvat tanqisligi kuzatilmoqda. Quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtda ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni toʼxtab qolishini oldini olish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish muvozanatini ushlab turish, energotizimda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan og’ir oqibatli favqulotda uzilishlarni oldini olish uchun viloyatimiz hududlarida shuningdek, Kogon shahri hududlari elektr energiyasi ta’minotida cheklovlar kiritilmoqda.

O’zbekiston Energetika vazirligining xabariga ko’ra bugungi kundagi maksimum talabni qondirish uchun gaz quvurlari va magistral elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati yetarli bo‘lsa-da, resurslar yetarli emasligi hisobiga iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan isteʼmolchilardan ushbu holatni to‘g‘ri tushungan holda energiya resurslaridan imkon qadar oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘raymiz.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Maxsus avariya tiklash brigadalari tun-u kun shay holatda.

Sovuq ob-havo sharoitida aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi va elektr uzatish tarmoqlari, elektr qurilmalarida iste’mol yuklamalarining ortishi tufayli ayrim hududlardagi elektr uzatish tarmoqlarida avariyali uzilishlar yuzaga kelmoqda. Bunday hollarda tezkor choralar ko’rish, ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish va qisqa muddatlarda elektr energiyasi ta’minotini tiklash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJda qo’shimcha avariya tiklash brigadalari tashkil qilingan. Maxsus brigadalar 24/7 rejimida faoliyat olib borib, joylardagi uzilishlarni bartaraf qilmoqdalar. Fotosuratlarda joylarda olib borilayotgan avariya tiklash jarayonlaridan lavhalar aks ettirilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati