«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan Buxoro viloyatidagi isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
“O’zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi viloyatda taqsimlash tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari xususida lavha efirga uzatdi.
2026-yil 27-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bexzot Narmatov ishtirokida yoqilg‘i-energetika tizimi tashkilotlariga tayinlangan yangi rahbarlarni jamoaga tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Sardor Isaqulov hamda “O‘zenergoinspeksiya” rahbari lavozimiga tayinlangan Axad Isoqjonov jamoaga tanishtirildi. Unda yoqilg‘i-energetika tizimidagi barcha tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bugun davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar yana bir bor muhokama qilinib, ularning ijrosini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarni vijdonan va yuksak mas’uliyat bilan bajarish, sohada ijro intizomini yanada mustahkamlash, yuklatilgan vazifalar ijrosiga befarqlik yoki xiyonatga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlandi. Bu borada har bir rahbar va mas’ul xodimning shaxsiy javobgarligi yuqori ekani qayd etildi.
Shu bilan birga, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hali juda ko‘p ekani ta’kidlandi. Erishilayotgan natijalarni yutuq sifatida emas, balki har bir rahbar va mas’ul xodimning o‘z xizmat vazifasini vijdonan va sidqidildan bajarishining tabiiy natijasi sifatida baholash zarurligi qayd etildi. Barcha kuch va sa’y-harakatlar belgilangan vazifalarning to‘liq va samarali ijrosini ta’minlashga qaratilishi lozimligi alohida uqtirildi.
Yig‘ilish yakunida yoqilg‘i-energetika tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va jamoalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni birgalikda, fidoyilik, yuksak mas’uliyat va qat’iy intizom asosida amalga oshirish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
Sherzod Xikmatullayevich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq Sh.Xodjaev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi;
Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.
Buxoro viloyati aholisi, tadbirkorlar va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan bir qator podstansiyalarda yangilash va quvvat oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda hududlardagi past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlarini yangilash, qo’shimcha transformator punktlarini ishga tushurish bo’yicha ham belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda
Jarayon tavsilotlari bilan “O’zbekiston 24″ telekanalining «Axborot 24” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “E-dalolatnoma” axborot tizimi amaliyotga joriy etildi.
Mazkur zamonaviy tizim elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkonini beradi. Bu esa nazorat tadbirlarini yanada tezkor, aniq va shaffof tashkil etishga xizmat qilmoqda.
“E-dalolatnoma” tizimining joriy etilishi natijasida qog‘oz hujjatlar aylanmasi bosqichma-bosqich qisqartirilib, barcha jarayonlar raqamli platforma orqali yuritiladi.
Shuningdek, dalolatnomalarni rasmiylashtirishdagi inson omili kamayib, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda nazorat samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ayni yoz chillasida havo harorati tobora ko’tarilib borayotgan bir sharoitda elektr energetikasi sohasi vakillari iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi ta’minlash uchun, belni mahkam bog’lab, o’z zimmasidagi mas’uliyatni chuqur anglagan holda mehnat qilmoqda.
Buxoro viloyatida ham anchagina yuqori havo massalari hukumronlik qilayotgan bo’lsada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bilan mashg’ul.
Jazirama yoz pallasida ham qalbidagi iliqlik, mas’uliyat va fidoyilikni yo’qotmay, uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish yo’lida, ochiq osmon ostida mehnat qilayotgan xodimlarning mehnati e’tirofga loyiq. Ularning mehnati qadrlash – barchamizning insoniy burchimizdir.
«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida hududlarda nazorat-reyd tadbirlari doimiy ravishda o’tkazilib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Vobkent tumanida bo’lib o’tdi. Unda “Xo’jarobod” MFYdagi xonadonlar o’rganilganda iste’molchi tomonidan elektr tarmog’iga elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmagan holda ruxsatsiz ulanib, belgilangan tartib-qoidalarga zid ravishda elektr energiyasidan foydalanib kelinganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada elektr ta’minoti korxonasiga 246 mln so’mdan ortiq zarar yetkazilganligi hisob kitob qilindi. Aniqlangan holat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Havo haroratining keskin ko‘tarilishi elektr energiyasi iste’moli hajmining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday sharoitda iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr tarmoqlari va podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nosozliklarni oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔹 Elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlari muntazam ko‘rikdan o‘tkazilmoqda 🔹 Yuklama ostida ishlayotgan uskunalar doimiy nazorat qilinmoqda 🔹 Aniqlangan nosozliklar tezkor bartaraf etish uchun avariya-tiklash brigadalari 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda
Sharafli kasb egalari jazirama issiq kunlarda ham elektr ta’minoti barqarorligini saqlash, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni oldini olish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirmoqda.