HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ томонидан янги “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024 yil 31 iyul soat 23:50dan 5 avgust soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yil 1 may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflar hisobini oson hisoblash maqsadida Jamiyat veb-saytida elektr energiyasi iste’molini hisoblash kalkulyatori ishga tushirildi.

Kalkulyator orqali elektr hisobini turli tariflarda hisoblash imkoni yaratildi.

Shuningdek, maxsus bot (https://t.me/e_tariffbot)orqali orqali elektr energiyasini tezkor kalkulyatori ham ishga tushirildi.

Shu bilan bir qatorda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali shaxsiy hisob raqamingizga oid ma’lumotlar – iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori, qoldiq va boshqalar tо‘g‘risida real vaqt (on-line) rejimida batafsil ma’lumotga ega bо‘lishingiz mumkin.

“Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun qо‘llanma.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ

📷Press_tur

🎙Joriy yilning 23-aprel kuni soat 15:00 da “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriy binosida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qaroriga bag’ishlab Press-tur o’tkaziladi.

Press-turga viloyatimiz hududida faoliyat yuritayotgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Manzil: Buxoro shahar, Sanoatchilar ko’chasi 1/1-uy “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriy binosi.

Murojaat uchun telefon: +99897 862 6267

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yil 1 may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflar o‘z hisobini oson hisoblash maqsadida kompyuteringiz uchun maxsus ilovani ishlab chiqdi.

Ilovani yuklab olish

Ilovani yuklab olgan holda siz elektr hisobini turli tariflarda hisoblash va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni hisoblab borish imkoni yaratiladi.

Shuningdek, maxsus bot orqali orqali elektr energiyasini tezkor kalkulyatori ham ishga tushirildi.

ilovamiz hamda telegram botimizdan foydalaning hamda elektr hisobi haqida tezkor ma’lumotlarga ega bо‘ling.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror ilovalari bilan.

Elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Qonunchilikka ko‘ra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish (https://lex.uz/docs/-97664#-199479):

➖mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi..

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reyting baholandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha  davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi.

Reyting natijalariga ko‘ra «Hududiy elektr tarmoqlari » AJning ko‘rsatgichlari «yaxshi»ga baholandi.