Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartib-taomillari belgilandi

Hukumat qarori (91-son, 13.02.2025 y.) bilan «Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to’g’risida”gi nizom tasdiqlandi

Nizom elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash, litsenziya to’lovlarini hisoblash va to’lash, litsenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartib-taomillari va shartlarini belgilaydi.

Nizom “Elektr energetikasi to’g’risida”gi Qonunida litsenziyalanishi belgilangan elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlariga (kichik turlariga) nisbatan tatbiq etiladi. Har bir litsenziya kichik turi uchun alohida litsenziya olinadi.

Nizom talablari quyidagi hollarda nisbatan tatbiq etilmaydi:

➖yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan holda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;
➖yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan elektr energiyasini saqlash tizimlariga;
➖quvvati 5 MVt dan kam bo’lgan elektr stansiyalardan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;
➖o’z ehtiyojlari uchun elektr energiyasini saqlashda ishlatiladigan elektr energiyasini saqlash uskunasidan foydalanuvchilarga.

Litsenziyalash Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar ko’rsatish uchun “Litsenziya” AT orqali amalga oshiriladi.

Talabgor litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT, davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda belgilangan ma’lumotlarni ko’rsatgan va qo’shimcha hujjatlarni ilova qilgan holda ariza to’ldiradi.

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ nomidan noma’lum ilovani havola orqali yuklab olib,  barcha kommunal to‘lovlar uchun 200.000 so‘m taqdim etilishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari»  AJ mazkur xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilgan holda bunday ilovalarni ko‘chirib olmaslik va tavsiya etilgan havolalarga kirmaslikni so‘rab qoladi.

Iste’molchilardan zarur hollarda rasmiy «HET BILLING”  mobil ilovasini Google play hamda App store orqali bepul yuklab olishlari mumkinigini eslatib o‘tamiz.

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari (28-dekabr 1-yanvar) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

Bu_muhim

☎️⚡️ Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari mavsumni betalofat o’tkazish, istemolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha zaruriy choralar ko’rilgan. Eslatib o’tamiz, qo’ngiroqlarni qabul qilish uchun call markazi faoliyati tashkil qilingan bo’lib, 24/7 rejimida, tun-u kun ish faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, har bir tuman elektr ta’minoti korxonalarining dispetcherlik xizmatlarida qo’shimcha 3 donadan, ishonch telefon raqamlari ishga tushirilgan. Kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun qo’shimcha ta’mirlash brigadalari shakllantirilib, barcha maxsus texnikalar shay holatga keltirilgan.

1️⃣1️⃣5️⃣4️⃣ CALL MARKAZI

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

Maishiy iste’molchilar diqqatiga

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Chiqindidan qarzi borlar tarmoqdan uzila boshlandi” mazmunidagi xabar tarqaldi.

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan chiqindi xizmatlari uchun oylik toʼlovlardan qarzdorligi boʼlgan abonentlar elektr uchun toʼlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi belgilangan.

Ayni paytda Farmonga asosan isteʼmolchining chiqindi uchun qarzdorlik haqida ogohlantirilgandan keyin ham toʼlov qilmagan shaxslarning elektr energiyasi uchun toʼlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyotini joriy qilish bo‘yicha texnik ishlar olib borilyotganligi haqida eslatib o‘tamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan mazkur xabar haqiqatga tо‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz.

Amaliyot to‘liq ishga tushirilishi bilan OAV orqali rasmiy xabar berilishini ma’lum qilgan qilgan holda, ijtimoiy tarmoqdagi turli xil kanallar adminlaridan tasdiqlamagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ

Respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi“ o‘tkaziladi.

Hurmatli fuqarolar!

Joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi“ o‘tkaziladi.

Shu munosbat bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ fuqarolardan xonadondagi elektr, gaz va issiqlik ta’minoti qurilmalarini doimiy nazorat qilib borishi va ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, xonani isitishda gaz plitasidan foydalanmaslik, yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslik va ularga gaz jihozlaridan foydalanishga ruxsat bermaslikni sо‘rab qoladi.

Tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari va elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining telefon raqamlari.

⚡️ ☎️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari va elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining telefon raqamlari.
✅ Endilikda elektr energiyasi iste’molchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida har bir tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalariga qo’shimcha telefon raqamlari ishga tushurildi.

1️⃣1️⃣5️⃣4️⃣ CALL MARKAZI.