Naqdsiz_hisob_kitob

2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

– elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

– transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar.

KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING!

Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:

Ishonch telefoni: +998781507561,

Telegram-bot: @HETanticor_bot ,

Call-markaz: 1154

Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.

2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi

2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

Transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar.

ELEKTR ENERGIYASIDAN OQILONA FOYDALANAYLIK!

Qishning sovuq kunlarida har bir ortiqcha yoqilgan chiroq va har bir ulangan qurilma elektr tarmoqlariga qo‘shimcha yuklama beradi.

Elektr energiyasidan oqilona foydalanish esa nafaqat sarf-xarajatlarni kamaytiradi, balki elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarida nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladi.

Foydalanilmayotgan elektr qurilmalarini tarmoqdan uzing. Keraksiz yonib turgan chiroqlarni o‘chirishni odat qiling.

Korrupsiyasiz kelajak – barchamizning qo‘limizda!

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ:

☎️ Ishonch telefoni: +998781507561
☎️ Call markaz: 1154

📧 Elektron pochta manzili: info@het.uz

📧 Korrupsiyaga qarshi kurash va komplaens nazorat xizmati elektron pochta manzili: antikor@het.uz

Barcha elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari (31-dekabr 4-yanvar) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

⚡️ Eng namunali kommunal tashkilotni aniqlaymiz!

Buxoro viloyatidagi boshqarmalar, korxona va tashkilotlardagi ishchanlik muhiti, xizmat ko‘rsatish darajasi, ayniqsa ularda faoliyat olib borayotgan rahbarlarning xalq bilan muloqot qilish ko‘nikmasi, o‘z tizimidagi muammo va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf qilishda jonbozlik ko‘rsatishi, aholini rozi qilish darajasini o‘rganish uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

❓Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida qaysi tashkilot rahbarini eng yaxshi va faol deb hisoblaysiz?

❓U rahbarlik qilayotgan tashkilot “Eng namunali kommunal tashkilot” nomiga munosibmi?

✅ Buni Siz aniqlab berasiz!

🔹Ma’lumot uchun: So‘rovnoma bosqichma-bosqich barcha soha va yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Har bir bosqichda eng ko‘p e’tirof etilib ovoz to‘plagan boshqarma/tashkilot keyingi so‘rovnomalarda qatnashish uchun yo‘naltiriladi. Unda ishtirok etish mutlaqo bepul va ixtiyoriy. Ovoz berish 2025-yilning 21-dekabriga qadar (shu kuni ham) davom etadi.