Tadbirlar

navruz-uzNavro’z – bahor va yangilanish bayrami

Bahor va yangilanish bayrami – “NAVRO’Z” o’lkamizning turli go’shalarida hamon ko’tarinki kayfiyat, shodu-xurramlik bilan nishonlanmoqda. Har bir tashkilot, mahalla, oilaga kirib bormang, ushbu ayyomni zo’r quvonch, totuvlik, to’kinlik, bag’rikenglik bilan o’tkazilayotganiga guvoh bo’lasiz. Ana shunday fayzli tadbir 2016 yil 19 mart kuni “Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari korxonasi” AJ da NAVRO’Z AYOMI juda katta tantanaga aylandi. Aktsiyadorlik jamiyatining 1700 nafar jamoasi bayramni do’stlik, biradorlik, shodlik va to’kinchilik bilan kutib olishdi. Tadbirni jamiyat bosh direktori Mamatov Raxmatullo Jumaevich ochdi va barcha jamoani bayram bilan tabrikladi.

Shundan keyin korxonaning katta maydonida 21 ta bo’linmalari orasida milliy taomlar, bahor pishiriqlari, milliy saxna bezaklar va lapar va yallalar bilan ko’rik tanlov, palov sayli boshlanib ketdi. Uchta shart asosida belllashuvlar olib borildi “Eng moxir oshpaz tanlovi”,“Bezatilgan bayram dasturxoni tanlovi” va “Eng yaxshi sahna ko’rinishi tanlovi”laridir.

San’atni qoyil qilgan nurchilar

Katta sahnada qo’shiq aytayotgan, raqs tushayotgan korxona ishchilarini haqiqiy san’atkorlardan ajratib bo’lmay qoldi. Maxsus sahna liboslarida andijoncha, xorazmcha raqslarni maromiga etkazib ijro etishdi. Shuningdek, Vatan, ona va mehr-muxabbat haqidagi qo’shiqlar ko’p millatli korxonada faoliyat yuritayotgan ishchilarning o’zaro hamjihatligidan darak beradi.

San’atga qiziquvchilar orasida fol’klor jamoalari tuzildi, lapar, yallalarni qoyilmaqom qilib ijro etishdi. Qiziqchi yigitlarning yuragida o’ti borligi, iste’dodi tomoshabinlarni hayratlantirdi. Ular tayyorlagan bayram dasturi, hazil-mutoyibalar ham kasbimizga doir. Stsenariy pishiq, qiziqarli tuzilgan. Chetdan mutaxassis kelib tuzib bergani yo’q. Bular xammasi o’zimizning yosh shijoatli yigit qizlarimizning chiqishlari edi xolos. Bayramda raqsga tushmagan, xursand bo’lmagan odam qolmadi.

“Eng yaxshi sahna ko’rinishi” tanlovida “Shofirkon elektr ta’minoti korxonasi” 1-o’rinni, 2-o’rin “Qorako’l elektr ta’minoti korxonasi”ga berildi, o’zining ijodkorligi, kulgili sahna ko’rinishlari bilan hammani lol qoldirgan korxona boshqarmasi ayollariga 3-o’rin berildi.

Korxonamizda bayram sayli kechgacha davom etdi. O’zining salohiyati bilan yuksalib borayotgan “Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari korxonasi” AJdagi ahillik, birdamlik, o’zaro hurmat-e’tiborga har qancha havas qilsa arziydi. Navro’z esa ularning ko’ngliga Vatanga bo’lgan muhabbat, qadimiy bayramlarimizga hurmat, qadriyatlarimizni qadrlash hislarini solgani bilan ahamiyatli bo’ldi. Navro’z bayramini nishonlash davlat siyosati darajasi ko’tarilgani, tariximizga bo’lgan e’tibor, qadriyatlarimiz yuksalayotganining yana bir isbotidir. 3000 yillik o’tmishga ega, milliy g’ururimiz bo’lgan Navro’z yasharish va yashnash fasli bahor kabi qayta-qayta elimizga mehmon bo’laveradi.

To’kinlik, do’stlik abadiy bo’lsin.

Chop etilgan vaqti 22 mart 2016 yil

Sattorov Baxtiyor Nasilloevich

MEHNAT FAOLIYATI

1990 – 1996 yy. –  3-son  F.Xo’jayev tuman X.X.K.F.B.F ustasi

1996 – 2012 yy. –  “Buxoro elektr tarmoqlari korxonasi” Shahar elektr tarmoqlari Energonazorat muhandisi, dispetcheri, Energosotish muhandisi, Energosotish buyicha boshliq o’rinbosari

2012 – 2013 yy. – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati  Shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig’i

2013- 2015 yy.  – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati  Qurilish-montaj bo’limi boshlig’i

2015 – 2016 yy. – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati Nimstansiyalar xizmatgohida elektromontyor

2016 – 2019 yy. – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati Energosotish bo’limi ASKUE guruhi yetakchi muhandisi

2019-2020 yy. –  “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati  Shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig’i

2020  – 2022 yy. –  “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati  Elektr tarmoqlarini qurish va rivojlantirish xizmatgohi muhandisi

2022  – 2022 yy. –  “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati  Elektr tarmoqlarini qurish va rivojlantirish xizmatgohi boshliq o’rinbosari

2022 y 18 oktyabrdan – h.v.     “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati Kapital Qurilish bo’yicha direktor.

Hayotov Baxodir Baxronovich

trudovaya deyatelnost

MEHNAT FAOLIYATI

1983 yil 17 avgustda tug‘ilgan.

2001 – 2005 yy. –  Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti talabasi

2005 – 2007 yy. – “Buxoro elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati Liniya xizmati

                               elektromontyori, muhandisi, ishlab-chiqarish texnika xizmati boshlig’i

2007 – 2009 yy. – “Buxoro elektr tarmoqlari”  ochiq aksiyadorlik jamiyati Ishlab chiqarish texnika xizmati muhandisi

2009 – 2011 yy. – “Buxoro elektr tarmoqlari”  ochiq aksiyadorlik jamiyati  Ishlab chiqarish texnika xizmati boshlig‘i

2011 – 2012 yy. – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati  bosh muhandis o’rinbosari

2012 – 2013 yy. – «O’zbekenergo» Davlat aksiyadorlik jamiyati “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari  korxonasi ” ochik aksiyadorlik jamiyati  Jondor  tuman  elektr ta’minoti  korxonasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi

2013 – 2019 yy.  – «O’zbekenergo» Davlat aksiyadorlik jamiyati «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari  korxonasi ” Aksiyadorlik  Jamiyati  Jondor  tuman  elektr ta’minoti  korxonasi boshlig’i

2019 y. – h.v.   – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  Bosh direktori.

Rustamov Zohir Ravshanovich

trudovaya deyatelnost

MEHNAT FAOLIYATI

2006 – 2007 yy. – “Buxoro elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati Shahar elektr ta’minoti korxonasi “To’qimachilik” ustachilik bo’limida tarmoqlarni tarqatish elektromonteri

2007 – 2008 yy. – “Buxoro elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati Shahar elektr ta’minoti korxonasida o’ta muhim obyektlarda elektromonter

2008 – 2009 yy. – “Buxoro elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati Shahar elektr ta’minoti korxonasida texnika xavfsizligi va ekspluatsiya bo’yicha muhandis

2009 – 2012 yy. – “Buxoro elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati Shahar elektr ta’minoti korxonasi “To’qimachilik” ustachilik bo’limida usta

2012 – 2013 yy. – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati Shahar elektr ta’minoti korxonasida 7-razryadli dispetcher

2013– 2019 yy – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati Shahar elektr ta’minoti korxonasida o’ta muxim ob’ektlar bo’yicha usta

2019 – 2022 yy “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati Texnik savollar bo’yicha direktorning  Past kuchlanishli tarmoqlar bo’yicha o’rinbosari

2022 y h.v “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati Texnik direktori

Rustamov Zohir Ravshanovich

trudovaya deyatelnost

Mansabdor majburiyatlari

Bosh muhandis jamiyatning istiqbolli rivojlanishi bo’yicha texnik siyosatini yuritadi va barcha yo’nalishlarda kompleks dasturlarni amalga oshirishni ta’minlaydi, amaldagi uskunalarni texnik qayta jihozlash, hukumat tomonidan ilgari surilgan ustuvor vazifalarni fan-texnika yutuqlari asosida ishlab chiqarishga joriy qilish va mehnat unumdorligini oshirishga erishishni ta’minlaydi.

Korxonaning elektr uskuna va qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish va belgilangan muddatlarda ta’mirlanishini tashkil  qiladi, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishni, tashkiliy texnik tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va tadbiq etishni tashkillashtiradi.

Viloyat energetikasi istiqbolli rivojlantirish loyiha talablarini amalga oshirish, elektr uskunalarini ta’mirlash va takomillashtirish ishlarini o’z vaqtida sifatli o’tkazilishini ta’minlaydi.

Korxonada mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in xavfsizligi me’yor va qoidalarini bajarilishini, ekologiya, davlat texnazorat, sanitariya va boshqa tashkilotlarning ko’rsatma va talablarini joylarda bajarilishi ustidan nazorat yuritadi.

Hayotov Baxodir Baxronovich

trudovaya deyatelnostMansabdor majburiyatlari

Jamiyatni boshqarishda Bosh Direktor O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Elektr energiyasidan ratsional foydalanish to’g’risida” Qonuni, O’zbekiston Respublikasining “Elektr energetika to’g’risida” Qonuni va boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, “Buxoro HETK” – aksiyadorlik jamiyati Ustaviga va boshqalarga tayanadi.

Bosh direktor aksiyadorlik jamiyatining moliya-iqtisodiy, ishlab chiqarish faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.

Bosh direktordirektor o’rinbosarlari, xizmatgoh va bo’lim boshliqlari o’rtasida ishlar taqsimotini va javobgarlik darajasini belgilaydi, ishlab-chiqarish xo’jalik faoliyati bo’yicha xizmatgoh va bo’limlar o’rtasidagi munosabatlarni tashkil qiladi, korxonaning iqtisodiy faoliyatini yaxshilash, aksiyadorlik jamiyatiga invsetorlarni jalb qilishni takomillashtirish, ishlab-chiqarish intizomini mustahkamlash, ma’lumotlarning xavfsizligini va saqlanishini ta’minlaydi.

Korxonaning moliyaviy faoliyatini tahlilqilish, biznes-reja, to’lanayotgan soliq va boshqa to’lovlarini korxonaning olayotgan foydasini, aylanma mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.