Peshko‘ tuman ETKda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

“Buxoro HETK” AJ tarkibidagi Peshko‘ tumani ETKda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati mutaxassisi, “O‘zenergoinspeksiya”ning Buxoro hududiy bo‘limi mutaxassislari,  “Buxoro HETK” AJning mas’ul xodimlari, Peshko‘ tumani ETK ustalari va elektromontyorlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminar mashg‘ulotida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarining tafsilotlari, kelib chiqish sabablari tanqidiy ruhda muhokama qilinib, ishdan so‘ng oila bag‘riga sog‘-salomat qaytishni asosiy maqsad deb bilish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Kichik kamchiliklar, kichik bir e’tiborsizlik inson hayotini butkul izdan chiqarib yuborishi, katta ko‘ngilsizliklarga olib kelishi mumkinligiga e’tibor qaratish kerakligiga to‘xtalib o‘tildi. Seminar davomida xodimlar bilan o‘zaro fikr almashildi va xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Accessibility