Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

 Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan karantin davrida xalqimizga yengillik yaratish maqsadida qarzdor iste’molchilarni elektr energiyasi ta’minotidan vaqtincha ajratmaslik bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilganligi haqida xabar bergan edik.

Endilikda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, Respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda, Respublika hududlari joriy yilning 11 mayidan e’tiboran TUMAN va ShAHARLAR darajasida “yashil”, “sariq” va “qizil”  toifalarga ajratildi. “Yashil” va “sariq” hududlarda sanitariya-gigiena talablariga qat’iy amal qilgan holda xizmat ko‘rsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berilishi belgilandi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ 2020 yil 11 maydan e’tiboran “yashil” va “sariq” hududlar istemolchilarining foydalangan elektr energiyasi uchun qarzdorliklari mavjud bo‘lgan hollarda tarmoqdan avtomatik tarzda ajratilishini ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib ham amalga oshirishingiz mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Shuni unitmangki, Siz foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borishingiz orqali energo tizimning barqaror va samarali ishlashida o‘z hissangizni qo‘shgan hisoblanasiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Accessibility