Elektr energiya tariflari (2019 yil 15 avgustdan)

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ:

2019 YIL 15 AVGUSTDAN BOSHLAB ELEKTR ENERGIYASINING NARXLARI OSHISHINI MA’LUM QILADI.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyulda “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 633-sonli qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2019 yil 15 avgustdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshishini ma’lum qiladi. 

Guruh Nomi Narxi (so’m)
2019 yil
15
avgustdan
I guruh Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadigan iste’molchilar (byudjet tashkilotlari, suv ta’minoti tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) uchun 450,0
II guruh Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari 450,0
III guruh Maishiy iste’molchilar (aholi turmush ehtiyojlari uchun uy-joylar, xonadonlar, yotoqxonalar, yordamchi xo‘jaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ ob’yektlari, shu jumladan bog‘ shirkatlari va dala hovlilar sug‘orish nasoslari, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlarining umumiy uy-joy ehtiyojlari, elektr energiyasidan aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal  uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari va oilaviy korxonalar, shuningdek, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalar) uchun 295,0
Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste’molchilar uchun 147,5
IV guruh Byudjet tashkilotlaridan tashqari elektr energiyasidan binolarni elektr bilan isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlash maqsadida foydalanadigan I va II tarif guruhlari iste’molchilari uchun 450,0
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8-noyabrdagi PQ-3379-sonli qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha “Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko‘rsatuvchi” iste’molchilar uchun 450,0

Izoh:

  1. Ushbu tariflar 1 kVt. soat elektr energiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyul “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 633-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 12 yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga asosan o‘rnatilgan.
  1. Yuqorida ko‘rsatilgan Hukumat qaroriga ko‘ra:

– Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori, 1-ilovasidagi 83-bandining uchinchi xatboshidagi va 116-banddagi “6 oydan”so‘zlari “2 oydan”so‘zlari bilan almashtirilgan;

– Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018 yil 1 noyabrdagi 897-son qarorining 1,2 va 5-bandlari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblanadi.

– Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018 yil 1 noyabrdagi 897-son qarorining 1 va 2-bandlari va qarorga 1 va 2-ilovalar 2019 yil 15 avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.

 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati