ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISHDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!

Sovuq kunlarda xonadonlarni isitish va qulaylikni ta’minlash maqsadida elektr energiyasiga bо‘lgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tushadigan yuklama oshishiga olib keladi. Shu bois, har bir iste’molchi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejash — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qо‘shilgan hissadir!

Iste’molchilarga tavsiyalar:

💡 Elektr jihozlaridan foydalanishda ishlab chiqaruvchining yо‘riqnomalariga amal qiling.
💡 Bir vaqtning о‘zida kо‘plab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡 Shikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgichlardan foydalanmang.
💡 Elektr jihozlarini nam qо‘l bilan ushlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡 Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitish moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡 Elektr tarmoqlari, hisoblagichlar va elektr jihozlarini о‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang.
💡 Bolalarni ochiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡 Uzilgan elektr simlariga yaqinlashmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegishli elektr ta’minoti tashkilotiga xabar bering.

Energiyani tejang! Foydalanilmayotgan chiroq va elektr jihozlarini о‘chirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.

⚠️ Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha iste’molchilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanishga chaqiradi.