Mavsumga puxta tayyorgarlik — barqaror elektr ta’minoti garovi

Kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida belgilangan reja-grafiklar asosida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
👷‍♂️ Joriy yilda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 6521 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda 2163 dona transformator punktlarini joriy ta’mirlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu boradagi ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi alohida nazoratga olingan.
✅ Ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi elektr uskunalarining texnik holatini yaxshilash, ularning ishonchliligini oshirish, tarmoqdagi ortiqcha yo‘qotishlarning oldini olish hamda iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.