⚡️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Iste’molchilarni kuz-qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Shu doirada hududdagi transformator punktlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Ko‘rik jarayonida transformatorlar punktlarining texnik holati sinchiklab tekshirilmoqda, nosoz qismlar almashtirilmoqda, izolyatsiya darajasi va xavfsizlik tizimlari qayta ko‘rib chiqilib, fazalararo yuklamalarni teng taqsimlash ishlari olib borilmoqda.