Mavsumga_tayyorgarlik



Mustahkam temir beton tayanchlari o’rnatilib, qo’shimcha tarmoq qurilmoqda.
Buxoro shahar “G’afur G’ulom” hamda “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini aholisiga elektr energiyasini yanada sifatli va barqaror yetkazib berish maqsadida 3000 metrga yaqin, 6 kV kuchlanishdagi, yangi elektr uzatish tarmog‘i tortilmoqda. “Zarafshon” 35/6 kVli podstansiyadan chiquvchi ushbu tarmoq, aholining kundalik ehtiyojlarini uzluksiz energiya bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi tarmoqning foydalanishga topshirilishi nafaqat uy xo‘jaliklari, balki ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy sohalar faoliyati uchun ham katta qulayliklar yaratadi.