Ark qo’rg’oni oldida viloyatda fuqarolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mavsum davomida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong’in xavfsizligi tadbirlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14 iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining shu yil 6 iyuldagi tegishli qarorlari ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan bugun, 18 iyul kuni Ark qo’rg’oni oldida viloyatda fuqarolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mavsum davomida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong’in xavfsizligi tadbirlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov, sektorlar rahbarlari, kommunal xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari, Buxoro shahridagi mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida energiya tejamkor texnologiyalar hamda yashil energiya manbalarining afzalliklari, ulardan to’g’ri foydalanish qoidalari haqida yig’ilganlarga batafsil ma’lumot berildi.