Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joriy va mukammal ta’mirlash bajarilmoqda.
Belgilangan reja-grafigi asosida yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joriy va mukammal ta’mirlash bajarilmoqda. Podstansiyalarda obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, mavjud elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, “Galaosiyo” 110/35/10 kV podstansiyasidagi 35 kVli moyli o’chirgichda to’la ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati