29-umumta’lim maktabida uchrashuv

Buxoro shahri 29-umumta’lim maktabida shahardagi umumta’lim maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ul xodimlari uchun mutasaddi vakillar ishtirokida energiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda har birimiz xonadonimiz yoki ish joyimizda elektr energiyasidan oqilona, tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz zarurligi, bu orqali Vatanimiz iqtisodiyotining yanada ravnaq topishi va energo tizimning barqaror, samarali ishlashiga o’z hissamizni qo’shishimiz mumkinligi haqida tushuntirish berildi.
Shuningdek, Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi tomonidan elektr energiyasidan to’g’ri foydalanish, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, oila bydjeti hamda o’zimiz mehnat qilayotgan korxona va tashkilotni ortiqcha sarf xarajatlardan saqlash bo’yicha tavsiyalar berildi.
Ta’lim dargohlarining mutasaddilar va tegishli tashkilot vakillariga tejamkorlikka rioya qilish maqsadida aniq vazifalar topshirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati