Monthly Archives: Sentabr 2022
1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuni
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan sharafli va mashaqqatli kasb egalarini samimiy muborakbod etadi.
Tabrik videoroligini ko’rish
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
#Jarayon #Obod_mahalla #Kogon_tumani
Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning “Sorg’un” MFY hududlarida “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida keng ko’lamli qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar 130 donadan ortiq mustahkam temir beton tayanchlari tiklandi, 1 dona 250 kVA quvvatdagi yangi transformator punkti o’rnatilib, 4 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, dasturga binoan 5200 metr 0,4 kVli tarmoqni yangilash uchun zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Batafsil
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
“Obod mahalla” Davlat dasturi asosida qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda
Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Hududga 415 dona mustahkam temir beton tayanchlar tiklanib, 400 kVA quvvatdagi yangi transformator punkti o’rnatildi. Shuningdek, 10 km uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellari tortildi.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
Batafsil
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
Jamiyat tarkibidagi elektr ta’minot korxonalari
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ qoshidagi tuman (shahar) elektr ta’minot korxonalari
ETK nomi | Joylashgan hududi | Manzili |
Olot ETK | Olot tumani | Do’stlik ko’ch., 4 |
Buxoro ETK | Buxoro tumani | Axmad Donish ko’ch., 18 |
Vobkent ETK | Vobkent tumani | G’alaba ko’ch., 1 |
G’ijduvon ETK | G’ijduvon shahri | Galaba ko’ch., 59 |
Kogon ETK | Kogon shahri | Maxmud Torobiy ko’ch.,77 |
Qorako’l ETK | Qorako’l tumani | Ulug’bek ko’ch.,96 |
Qorovulbozor ETK | Qorovulbozor tumani | Cho’lquvar ko’ch.,1 |
Peshko’ ETK | Peshko’ tumani | Do’stlik ko’ch.,3 |
Romitan ETK | Romitan tumani | Nurafshon ko’ch.,12 |
Jondor ETK | Jondor tumani | S.Rajabov ko’ch.,11 |
Shofirkon ETK | Shofirkon tumani | S.Raximov ko’ch., 10 |
Buxoro shahar ETK | Buxoro shahri | Sanoatchilar ko’ch.,1/1 |
Tuman (shahar) elektr ta’minot rahbarlari haqida ma’lumot
ETK nomi | Boshliq ismi, sharifi | Тelefon | |
kod | nomer | ||
Olot ETK | Nabiyev G‘anisher Egamberdievich | 34 | 2-30-04 |
Buxoro ETK | Nabiyev Odil Qosimovich | 54 | 2-54-95 |
Vobkent ETK | To’rayev Jasur Baxtiyorovich | 33 | 2-14-08 |
G’ijduvon ETK | Nurulloyev Abdullo Aslonovich | 57 | 2-37-84 |
Kogon ETK | Jo’rayev Muxammad Ortiqovich | 52 | 4-43-00 |
Qorako’l ETK | Hamroyev Alisher Shonazarovich | 56 | 5-23-62 |
Qorovulbozor ETK | Aslonov Bo’ston Rustamovich | 36 | 4-41-03 |
Peshko’ ETK | To’xsanov O’ktam Dehqonovich | 35 | 3-28-68 |
Romitan ETK | Salomov Xurshid Jamolovich | 55 | 2-17-88 |
Jondor ETK | Usmonov Oybek Rashidovich | 58 | 2-18-85 |
Shofirkon ETK | Yo’ldoshev Shahobjon Shavkatovich | 50 | 2-21-54 |
Buxoro shahar ETK | Ro‘ziyev Baxtiyor Jo‘raqulovich | 22 | 5-37-90 |
Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka yo’nalishi bo’yicha bellashuvlar tashkil etildi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o’rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka yo’nalishi bo’yicha bellashuvlar tashkil etildi.
Mazkur musobaqalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash, xotin-qizlarni jismoniy-tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy chiniqtirish, salomatligini mustahkamlashdan iboratdir. Sir emaski bunday tadbirlarning o’tkazilishi jamiyatdagi ayollar kayfiyatining ko’tarinki bo’lishi, ularning ma’naviy hordiq olishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi tadbirlarning tez-tez tashkil etilishishi esa foydadan xoli bo’lmaydi albatta.
Musobaqa yakunida g’oliblar munosib taqdirlandi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati