Peshko‘ tuman ETKda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

“Buxoro HETK” AJ tarkibidagi Peshko‘ tumani ETKda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati mutaxassisi, “O‘zenergoinspeksiya”ning Buxoro hududiy bo‘limi mutaxassislari,  “Buxoro HETK” AJning mas’ul xodimlari, Peshko‘ tumani ETK ustalari va elektromontyorlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminar mashg‘ulotida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarining tafsilotlari, kelib chiqish sabablari tanqidiy ruhda muhokama qilinib, ishdan so‘ng oila bag‘riga sog‘-salomat qaytishni asosiy maqsad deb bilish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Kichik kamchiliklar, kichik bir e’tiborsizlik inson hayotini butkul izdan chiqarib yuborishi, katta ko‘ngilsizliklarga olib kelishi mumkinligiga e’tibor qaratish kerakligiga to‘xtalib o‘tildi. Seminar davomida xodimlar bilan o‘zaro fikr almashildi va xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Buxoro HETK” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta'minoti korxonalarida ham umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

Bahor yasharish va yangilanish fasli. Aynan shu faslda tabiat uyg‘onib, atrof muhit go‘zallikka yuz tutadi. Bahor fasli boshqa fasllardan o‘zining fusunkor bayramlari bilan ham alohida ajralib turadi. Xalqimizga jo‘shqin kayfiyatni tuhfa etuvchi, qalblariga shodlik, yuzlariga tabassum ulashuvchi “Navro‘z” bayrami ana shunday bayramlardan biridir. Shu sabab qutlug‘ bayram arafasida butun yurtimiz bo‘ylab umumxalq hasharlari tashkillashtiriladi. Hashar yurtdoshlarimiz, mahalladoshlarimiz, hamkasblarimizni hamjihatlikka chorlab, atrof muhitning tozaligiga hissa qo‘shishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

 Barcha korxona va tashkilotlar singari “Buxoro HETK” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarida ham umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Hasharda soha xodimlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish, ariqlarni tozalash va daraxtlarni oqlash kabi ishlar hamjihatlik bilan olib borildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.

Elektr ta'minoti yaxshilanmoqda

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan shaharning “Razzoq Hamroev” MFY hududidagi “Piridastgir” hamda “Alpomish” ko‘chalarida joylashgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi elektr energiyasi iste’molchilarini me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Ko‘p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlab turgan 400 kVAli №743 sonli transformator punkti 630 kVAli transformator punktiga almashtirib berilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati