“Buxoro HETK” AJda “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rigi oyligi munosabati bilan o‘quv-amaliy mashg‘uloti tashkil etildi.

Sir emaski inson mehnati muhofazasi bugungi davrning eng dolzarb masalasi sifatida e’tirof etiladi. Inson qaysi soha vakili bo‘lishi va qanday lavozimda faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy nazar “Xavfsizlik texnikasi” qoidalariga so‘zsiz amal qilishi, o‘zi va yakinlarining hayoti hamda sog‘ligiga befarq bo‘masligi bugungi zamon talabidir. Har bir shaxs xavfsizlik qoidalariga amal qilishi, unga itoat qilishi orqali nafaqat o‘zini, balki o‘zi orqali oila a’zolari va yaqinlarini turli xildagi baloyu-ofatlardan saqlab qolgan bo‘ladi.

Energetika tizimida 2020 yilning 15 sentyabridan 15 oktyabrigacha “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi o‘tkazilishi munosabati bilan Qorako‘l tuman elektr ta’minoti korxonasining o‘quv mashg‘uloti maydonchasida o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi. Musoboqa tarzida tashkil qilingan ushbu o‘quv-amaliy mashg‘ulotda tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonalarining tajribali hamda yosh mutaxassislaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigada a’zolari tashqi ko‘rinishi, himoya vositalarining belgilangan ro‘yxat bo‘yicha ta’minlanganligi va ularning xolati, transformator punktlaridagi saqlagichlarni ko‘rikdan o‘tkazish va almashtirish ishlarini olib borish, havo tarmog‘ida elektr toki ta’siriga tushgan jabrlanuvchini qutqarish va jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish tartibi, transformator punktlarida yong‘in sodir bo‘lganda yong‘inni o‘chirish tartibi kabi 4 bosqichdan iborat shartlar asosida bellashishdi va o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini namoyon qilishdi.

Bajarilayotgan har bir shart “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mas’ul xodimlari hamda jamiyatning yetuk mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan sinchkovlik bilan kuzatib borildi hamda yo‘l qo‘yilgan har qanday xato va kamchiliklar inobatga olinib baholab borildi.

Shartlarni xatosiz bajarib, yuqori ballarni qo‘lga kiritgan tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonalarining xodimlaridan iborat jamoalar orasidan kuchlilari saralandi va kuchli uchlik vakillari Kasaba uyushmasi qo‘mitasining estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Viloyat hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, viloyatda ASKUE tizimining joriy etilishi va "Buxoro HETK" AJning ish faoliyati bilan tanishishdi.

“Buxoro HETK” AJ tomonidan viloyatda energetika sohasini yanada rivojlantirish, ishlab chiqilgan dasturlar hamda loyihalarning joylardagi ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, bu boradagi yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e’tibor qaratildi. O‘rganishlar doirasida viloyat aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining elektr energiyasi ta’minoti masalalari tahlil qilindi.

Xususan, Buxoro viloyatida elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni to‘la tadbiq qilish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Sektor rahbarlari, “Buxoro HETK” AJning bosh direktori hamda mutaxassis xodimlari tomonidan viloyat miqyosida o‘tgan davr mobaynida bu borada olib borilgan keng ko‘lamdagi sa’y-harakatlar hamda ushbu tizim orqali iste’molchilarga yaratiladigan qulaylik va imkoniyatlar, shu bilan bir qatorda erishilishi kutilayotgan iqtisodiy samaradorliklar xususidagi taqdimot bilan tanishdilar.

Shuningdek, viloyat rahbarlari jamiyatning “Tezkor dispetcherlik xizmati” hamda yaqinda tashkil etilgan “Call markazi” faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdilar, shu bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar yuzasidan o‘zlarining tavsiya va topshiriqlarini berdilar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Aholi uchun qo‘shimcha ravishda transformator punkti o‘rnatib berildi

Vobkent tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PQ-2661 sonli «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizasiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tumanning « Rabotoxun » MFY “Beruniy” ko‘chasi aholisi uchun qo‘shimcha ravishda 100 kVA quvvatga ega bo‘lgan transformator punkti o‘rnatib berildi.

Yangi transformator punktini o‘rnatish uchun qo‘shimcha temir-beton tayanchlar qurilib, montaj ishlari amalga oshirildi. Ushbu amalga oshirilayotgan ishlarining zamirida xalqimiz xonadonlariga sifatli hamda uzluksiz energiyani yetkazib berish maqsadi yotadi albatta.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi.

“Buxoro HETK” AJda “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida Buxoro viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari A. Bafoev hamda Sh. Nabievlar ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo‘lib, uning balosidan qutulish, islohotlarni korrupsiya changalidan qutqarish barchamizning sharafli burchimiz ekanligi yig‘ilganlarga atroflicha tushuntirib berildi. Bu illatning tarqalishiga to‘sqinlik qilish nafaqat huquq tartibot xodimlari vazifasi, balki har birimizning vazifamiz ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Korrupsiya so‘zi “emirilish” va “buzilish” degan ma’nolarni anglatadi. Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, o‘zining kimligini, e’tiqodi, ma’naviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy zarar yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obro‘sini to‘kadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obro‘ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qo‘yadi.

Korrupsiya botqog‘iga botmay o‘zining halol mehnati ila non topgan inson saodatga yetmog‘i tayin bo‘lganidek, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxo‘rlik va ta’magirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrardir.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

O'zbekiston Respublikasi Qonunlari

“Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 14.07.2020 yildagi O‘RQ-628-son


“Elektr energetikasi to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 30.09.2009 yildagi O‘RQ-225-son 


ЎРҚ-412-I 25.04.1997й. “ЭНЕРГИЯДАН ОҚИЛОНА ФОЙДАЛАНИШ ТЎҒРИСИДА”