"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Viloyat aholisi, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyat aholisi, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “O’zbekiston 24″ telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyat aholisi, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Quyi qo’ng’irotliklarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolari ijobiy yechim topmoqda.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Vobkent tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Xususan, tumannining “Mo’minobod” mahalla fuqarolar yig’ini Quyi qo’ng’irot qishlog’i aholisining elektr ta’minotini me’yor darajasiga keltirish borasida qilgan murojaati o’rganilib, sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun amaliy ishlar olib borilmoqda. Buning uchun hududga tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 25 dona mustahkam temir – beton tayanchlari olib kelib, o’rnatilmoqda. Shuningdek, 1500 metr uzinlikdagi zamonaviy SIP kabellarini tortish rejalashtirilgan.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jazirama kunlarda yong‘in keltirib chiqaruvchi omillarni oldini olishga qaratilgan va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

➖ Elektr uskunalarini nazoratsiz qoldirmang. Xonadan uzoq vaqtga chiqishda barcha qurilmalarni tarmoqdan uzib qo‘ying.

➖ Eski yoki nosoz simlardan foydalanmang. Ular yong‘in kelib chiqishi va energiya resursini ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi. Simlar izolyatsiyasi buzilgan bo‘lsa, yangisiga almashtiring.

➖ Bitta rozetka (pilot)ga ko‘p elektr jihozlarini ulamang. Yuklama ortishi simlarni qizitib, yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.

➖ Quritgich, dazmol, mikroto‘lqinli pech, ventilyator kabi qurilmalardan foydalanayotganda ularni nazoratsiz qoldirmang. Qizib ketgan qurilma yong‘in kelib chiqish xavfini tug‘dirishi mumkin.

➖ Konditsionerni 20–25°C oralig‘ida ishlating. Haddan tashqari past haroratga qo‘yish nafaqat elektr energiyasi sarfini oshiradi, balki inson sog‘ligi uchun ham zararli hisoblanadi.

➖ Foydalanilmayotgan qurilmalarni to‘liq tarmoqdan uzib qo‘ying. Bu ham yong‘in kelib chiqishining oldini olish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.

➖ Konditsioner filtrlarini tozalab turing. Bu ham energiya samaradorlikni oshiradi va yong‘in kelib chiqishining oldini oladi.

➖ O‘t o‘chirgich (ognetushitel) va signalizatsiya vositalarining soz holda ekanligini tekshirib turing. Favqulodda holatlarga tayyor bo‘lish muhim.

➖ Elektr qurilmalari va jihozlarini muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazing.

➖ Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang. Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.

➖ Ishxona va ofislarda xodimlarga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muntazam o‘quvlar tashkil qiling.

➖ Muqobil energiya manbalari, ya’ni quyosh panellaridan foydalanish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

➖ Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari neft mahsulotlari to‘ldirilgan sisternalarning xavfsizligini nazorat qilish, “metan zapravkalar”da esa gaz sizib chiqish va portlash xavfini keltirib chiqaruvchi omillarga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.

➖ Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang. Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

➖ Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi. Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.

➖ Elektr tarmoqlarida nosozliklar yoki uzilishlar yuzaga kelsa, darhol 1154 qisqa raqamiga xabar bering.

Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan o’rnatilayotgan quyosh panellari uchun qulay va istiqbolli shart – sharoitlar yaratib berilgan.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

BILIM_TAJRIBA_VA_MAHORAT

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda yosh xodimlar malakasi va kasbiy mahoratini oshirish maqsadida ko’rgazmali o’quv seminari tashkil qilindi. Seminarda 160dan ortiq xodimlar ishtirok etib, o’zining salohiyatini namoyon qildi. Tadbir davomida ish jarayonlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga har qanday holatda ham amal qilish, elektr qurilmalari va tarmoqlarida ta’mirlash ishlarini bajarish oldidan amalga oshirilishi lozim bo’lga tashkiliy tadbirlar, xavfsizlik texnikasi qoidalari, avariyaviy holatlar kuzatilganda harakatlanish ketma ketligi va jabrlangan xodimlarga birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha xodimlarning bilim va malakalari baholandi. Tadbir davomida zukko va sohaga oid boy tajribaga ega bo’lgan xodimlar va jamoalar e’tirof etildi hamda korxonaning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Yashil_energiya

Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan o’rnatilayotgan quyosh panellari uchun qulay va istiqbolli shart – sharoitlar yaratib berilgan. Albatta yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholiga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Navbatdagi ko’rgazmali seminar Peshko’ tumanida bo’lib o’tdi. Unda aholi va tadbirkorlarga quyosh panellari va quyosh kollektorlarining natijadorligi bo’yicha tahlillar asosida batafsil tushuntirishlar berildi.

Ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi

2025-yil may oyi davomida ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun kompensatsiya puli ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilgan mazkur tadbir doirasida, bazaviy normadan yuqori hajmda elektr energiyasi yoki tabiiy gaz sarflagan 152 643 nafar ehtiyojmand fuqaroga umumiy 3,2 milliard so‘m miqdorida pul mablag‘lari to‘lab berildi.

Shundan:

  • elektr energiyasi uchun – 2 mlrd 293 mln so‘m;
  • tabiiy gaz uchun – 885 mln so‘mni tashkil etadi.

Mazkur kompensatsiya to‘lovlari 2025-yil 15-iyunga qadar qabul qilingan arizalar asosida amalga oshirildi.

Eslatma: Kompensatsiya dasturi doirasida bazaviy iste’mol me’yoridan ortiq sarf qilgan ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Bu orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yengillashtirish ko‘zda tutilgan.

ENERGIYANI TEJASH – BARQAROR KELAJAK SARI MUHIM QADAM!

Bugungi kunda yoqilg‘i-energetika sohasidagi bozor mexanizmlarining joriy etilishi bilan birga, davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli choralar amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagilarga asosan aholi o‘rtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida eslatma ishlab chiqildi!

Ushbu eslatmada:

– Energiya sarfi va tejamkorlik bo‘yicha foydali maslahatlar;

– Maishiy texnikadan unumli foydalanish usullari;

– Elektr va gaz sarfini kamaytirish yo‘llari tushuntirilgan.

Energiya tejash — bu nafaqat iqtisod, balki atrof-muhitni himoya qilishga ham hissadir !