Qo’rg’onliklarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda






Elektr energiyasi bugungi faravon hayotimizning muhim manbaiga aylanib bormoqda. Shu bois elektr ta’minotini yaxshilash, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish, zamonaviy elektr qurilmalarini o‘rnatish orqali iste’molchilarga yanada sifatli elektr energiyasini yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Gijduvon tumanining “Sarmijon” MFY Qo’rg’on qishlog’i bugun katta o’zgarishlarga yuz tutmoqda. Qo’rg’onliklarning elektr ta’minotini yaxshilash uchun, tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 118 dona mustahkam temir – beton tayanchlari rostlandi, 3500 metrdan ortiq zamonaviy SIP kabellari tortildi. Shuningdek, quvvati 250 kVA bo’lgan transformator punkti o’rniga shahar tipidagi 400 kVA quvvatdagi transformator punktini o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar yakuniga yetkazilgach mahalladagi 300dan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

