Ko’hnarabotliklar elektr ta’minoti yaxshilanmoqda





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida «Yangiyo‘l» tumani tajribasi Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Xususan, tumanning “Xalqobod” MFYdagi Ko’hna rabot qishlog’ida 77 dona mustahkam temir beton tayanchlarini qurish, 2500 metr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellarini tortish va 1 dona quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punktini o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Ayni damda tayanchlarni rostlash ishlari yakuniga yetkazilib, havo tarmog’ini yangilash, transformator punkni montaj qilish ishlari bajarilmoqda.
Bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi turmush farovonligini yaxshilanishiga xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatlidir.

