Podstansiyalar birma-bir ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda









Iste’molchilar elektr ta’minotini yaxshilash, kuz-qish mavsumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni tuzatish uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, hududlardagi 105dona podstansiyalar texnik jihatdan o’rganilmoqda va kelib chiqishi mumkin bo’lgan nuqsonlarning oldini olishga qaratilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
👷♂️ Joriy yildan jamiyat tomonidan 15 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarni mukammal 90 dona podstansiyalarni joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Ayni kunlarda belgilangan grafik asosida bosqichma – bosqich ta’mirlanmoqda va sinovdan o’tkazilmoqda.
✅ Bunday tadbirlar uskunalar texnik holati mustahkamligining oshishiga, tarmoqdagi ortiqcha yo’qotishlarni oldini olishga va iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

