ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi hamda Romitan tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari hamkorligida o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida Romitan tuman, “Xosa” MFY, Xosa qishlog’ida “Kompyuter” o’yinlariga moslashtirilgan joy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan noturar bino elektr energiyasidan shartnomasiz ulanib, noqununiy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, mazkur qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 793 mln.so’m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan. Ayni vaqtda holat yuzasidan to’plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.