KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING!

Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:

Ishonch telefoni: +998781507561,

Telegram-bot: @HETanticor_bot ,

Call-markaz: 1154

Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.

Jarayon

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joylardagi podstansiyalarning va transformator punktlarining holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Podstansiyalar obodonlashtirilib, elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilanmoqda va ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazilib, kamchiliklar tuzatilmoqda. Xuddi shunday, mahalla va ko’chalardati transformator punktlari joriy ta’mirlanib, yuklamalar teng taqsimlash bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi hamda kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olish, aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

Yashil_energiya

Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan o’rnatilayotgan quyosh panellari uchun qulay va istiqbolli shart – sharoitlar yaratib berilgan. Albatta yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, tadbirkorlarga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbirda tadbirkorlar va fermerlik xo’jaliklari vakillariga quyosh panellari va quyosh kollektorlarining natijadorligi bo’yicha tahlillar asosida batafsil tushuntirishlar berildi.

Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Ma’rifat soati” tashkil etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda Buxoro davlat texnika universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi Professori, “Falsafa fanlari” doktori Yunusova Gulandon Samiyevna ishtirokida ikki buyuk siymolarimiz Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Ma’rifat soati” tashkil etildi.

Mazkur tadbirda buyuk bobokalonlarimizning boy ijodiy merosi, ularning o‘zbek adabiyoti va milliy tafakkur taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilar Navoiy va Bobur qoldirgan asarlarning bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati, ularning asarlarida mujassam bo‘lgan insonparvarlik, vatanparvarlik va yuksak axloqiy g‘oyalar haqida fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida g‘azalxonlik tashkil etilib, g‘azallar ifodali tarzda o‘qildi. G‘azalxonlik tadbirga o‘zgacha ruh, badiiy zavq va ma’naviy ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Tadbirda faollik ko’rsatib, ifodali g’azal o’qiganlarga badiiy kitoblar sovg’a qilindi.

Talija ko’chasini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash sari muhim qadamlar tashlanmoqda.

Aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan manan eskirgan simyog’ochlar va elektr qurilmalarini bosqichma-bosqich yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Buxoro shahri Talija ko’chasidagi mavjud havo elektr uzatish tarmoqlarini mustahkamlash uchun 30 dona mustahkam temir-beton tayanchlar o‘rnatish jarayonlari olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, 2500 metr uzunlikdagi havo tarmog’ini yangilash, 1 dona qo’shimcha transformator punktini qurish rejalashtirilgan.

Mazkur ishlar hududagi 150ga yaqin xonadonni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish, tarmoqlarning ishonchliligini oshirish hamda xavfsizlik talablarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Maxsus – taktik o’quv mashqlari o’tkazildi

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ hamda Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda xodimlarining sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shayligi baholandi. Tadbirda yirik savdo majmuasida yong’in holati kuzatilganda jabrlangan xodimga birinchi yordam ko’rsatish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga barqaror elektr energiyasini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish holatlari, elektrsiz qolgan hududni aylanma tarmoqlar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlash choralarini ko’rish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazildi.

Yakunda har bir xodim o’z xizmat vazifasini bajarishi chog’ida xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga qat’iyan amal qilishi, ishni xavfsiz bajarishi zarurligi yuzasidan mutaxassislar tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilib, xodimlarga batafsil tushunchalar berildi.

Buxoro tuman elektr ta’minoti korxonasining faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.

Shu munosabat bilan mas’ul rahbarlar va elektr ta’minoti korxonasining xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida elektr ta’minotidagi mavjud muammolar, murojaatlar bilan ishlash holati, tarmoqlarni saqlash va xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, kelgusida faoliyat samaradorligini oshirish, aholiga barqaror va sifatli elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi

2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

Transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar.