Elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududlardagi elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ish jarayonida eskirgan simyog‘ochlar yangilanmoqda, ulanish nuqtalari mustahkamlanmoqda, eskirgan izolyatorlar almashtirilmoqda va tarmoqlarning texnik holati sinchiklab ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda.

Mazkur ta’mirlash ishlari elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish, avariyaviy uzilishlarning oldini olish hamda iste’molchilarga yanada barqaror elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.