Quyosh panellari issiqxona uchun toza energiya manbai.

Issiqxonalarni issitish va yorug’lik bilan ta’minlashda ham quyosh panellari samarali yechim sifatida namoyon bo’lmoqda. Birinchidan, issiqxonalar doimiy ravishda yorug‘lik va elektr quvvatiga ehtiyoj sezadi. Quyosh panellari esa tabiiy quyosh nuridan foydalanib, issiqxona ichidagi yoritish, sug‘orish tizimi va isitish moslamalarini elektr bilan ta’minlashga yordam beradi.

Batafsil

Milliy_qadriyatlar

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassamdir. Hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini xalqimiz o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim sanaladi.

✅ Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, chellenjda faol ishtirok eting!

“KASB MAHORATI – 2025” RESPUBLIKA BOSQICHIGA START BERILDI!

Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali o‘quv-mashg‘ulotlar poligonida energetika sohasida an’anaga aylangan muhim tadbir – “Kasb mahorati” musobaqasining Respublika bosqichi o‘z startini oldi.

Jamiyat Boshqaruvi raisi tashabbusi bilan har yili o‘tkazilib kelinayotgan mazkur bellashuvning asosiy maqsadi – xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish, hamda soha mutaxassislarining kasbiy mahoratini yanada oshirishdir.

“Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli” shiori ostida o‘tkazilayotgan joriy yilgi musobaqada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ saralangan jamoasi ham ishtirok etmoqda.

⚡️ Yangi podstansiya – yangi imkoniyat

So’ngi yillarda Mamlakatimizda elektr energetikasi sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli, izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Yangi elektr stansiyalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish orqali aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlari kengaymoqda.

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatida yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortmoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, tadbirkorlarga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berish maqsadida joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Batafsil 👉 Uza.uz

Aziz yurtdoshlar, qadrli kasbdoshlar!

Barchangizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Shunday qutlug’, saodatli kunda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, umr yo’lingizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Goʻzal va betakror diyorimizni tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka aslo tark etmasin!

Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!

Hurmat va ehtirom ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ