Mavsumga_tayyorgarlik

Kuz – qish mavsumini betalofat o’tkazish, iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha zaruriy texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Olot tumanidagi “Olot” 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari amalga oshirildi.