Jarayon

Hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida joriy yil avvalida belgilab olingan chora – tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlar kesimida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayni kunlarda, elektr ta’minoti korxonalarining mutaxassis xodimlari transformator punktlarini mukammal ta’mirlash, fazalar orasidagi yuklamalarni teng taqsimlash ishlarini bajarmoqda.
Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida bajarilishi iste’molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashda hamda tarmoqdagi texnologik yo’qotishlarni kamaytirishda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

E`tirof

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ da uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan samimiy va kamtarin inson Jalilov Tolib Jalilovich uchun bugun yaxshi kun. Ustoz xodim 60 yoshni qarshiladi. Umrining yarmidan ko’pini tizimda o’tkazgan bu inson faoliyati haqiqatda e’tirofga loyiq.

Ish faoliyati hamda bosib o’tayotgan umr yo’li davomida o‘z mehnati, tajribasi va fidoyiligi bilan jamoamizda munosib o‘rnak bo‘lib kelgan ustoz xodimning faoliyatini jamiyat bosh direktori yuksak baholab sana munosabati bilan qutladi va ustoz-shogirdlik an’anasini munosib davom ettirgan inson sifatida yaxshi fikrlar bildirildi.