“KASB MAHORATI – 2025” RESPUBLIKA BOSQICHIGA START BERILDI!

Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali o‘quv-mashg‘ulotlar poligonida energetika sohasida an’anaga aylangan muhim tadbir – “Kasb mahorati” musobaqasining Respublika bosqichi o‘z startini oldi.

Jamiyat Boshqaruvi raisi tashabbusi bilan har yili o‘tkazilib kelinayotgan mazkur bellashuvning asosiy maqsadi – xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish, hamda soha mutaxassislarining kasbiy mahoratini yanada oshirishdir.

“Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli” shiori ostida o‘tkazilayotgan joriy yilgi musobaqada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ saralangan jamoasi ham ishtirok etmoqda.