Energiya samaradorligiga erishish hamda iste’molchilarni barqaror va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan energiya samaradorligiga erishish hamda iste’molchilarni barqaror va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun, belgilangan vazifalar bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarida mukammal ta’mirlash, modernizatsiya va yangilash ishlarini amalga oshirish, tarmoqlardagi yo’qotishlarni sezilarli darajada kamaytirish, behuda sarflashlarni oldini olish, noqonuniy ulanishlarni fosh etish, muqobil energiya manbalari va tejamkor uskunalarni o’rnatishning avzalliklari bo’yicha iste’molchilarga tushuntirishlar berish, belgilangan me’yordan ko’p elektr energiyasini sarflayotgan iste’molchilarni tahlil qilib, sabablarini joyiga chiqqan holda o’rganish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “O’zbekiston 24″ telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Sohada uzoq yillar xizmat qilgan yoshi ulug’ ustozlar, boquvchisini yo’qotgan, yakka yolg’izlar holidan xabar olindi.

Yurtimizda ayyomlar xususan, Hayit bayrami kunlarida boquvchisini yo’qotgan, yakka yolg’iz, muhtojlar holidan xabar olish, inson qadrini ulug’lash, saxovat ko’rsatish asriy ananaga aylangan. Shunday kunlarda kam ta’minlangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinadi, ularni ko‘nglini ko‘tarish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.
Jumladan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi tomonidan ayni kunlarda sohada uzoq yillar xizmat qilgan yoshi ulug’ ustozlar, boquvchisini yo’qotgan, yakka yolg’izlar holidan xabar olindi va oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Elektr energiyasini barqaror yetkazib berish muhim vazifa.

Yoz mavsumida elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha zaruriy choralar ko’rilmoqda. Xususan, joylardagi yuqori kuchlanishdagi 95 dona podstansiyalarning holati alohida nazoratga olingan bo’lib, har bir elektr qurilmalarining mustahkamligi va sovutish uskunalarining sozligi ko’rikdan o’tkazilmoqda. Barcha qurilmalar va tarmoqlardagi ulanish nuqtalarining haroratini maxsus “Teplovizor” qurilmasi yordamida o’lchash ishlari olib borilmoqda va aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Buxorolik energetik ayollar Namanganda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning milliylikni o’zida tarannum ettirgan muhtarama ayollari Namangan viloyatida tashkil etilgan tantanalarda ishtirok etib, madaniy hordiq chiqarmoqda.

Har yili o‘tkazilib kelinayotgan “Xalqaro gullar festivali”ning 64-yilligida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan tizimda faoliyat yuritayotgan barcha ayol-qizlarni Namanganda bo‘layotgan “Gullar festivali”ga kelib maroqli dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ayni damda jamiyatning 70ga yaqin xotin – qizlari gullar shahrida mehmon bo’lishmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati