ENERGIYANI TEJASH – BARQAROR KELAJAK SARI MUHIM QADAM!

Bugungi kunda yoqilg‘i-energetika sohasidagi bozor mexanizmlarining joriy etilishi bilan birga, davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli choralar amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagilarga asosan aholi o‘rtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida eslatma ishlab chiqildi!

Ushbu eslatmada:

– Energiya sarfi va tejamkorlik bo‘yicha foydali maslahatlar;

– Maishiy texnikadan unumli foydalanish usullari;

– Elektr va gaz sarfini kamaytirish yo‘llari tushuntirilgan.

Energiya tejash — bu nafaqat iqtisod, balki atrof-muhitni himoya qilishga ham hissadir !

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, Olot tumanidagi “Ikkilik” 35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Elektr energiyasini barqaror yetkazib berish muhim vazifa.

Yoz mavsumida elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha zaruriy choralar ko’rilmoqda. Xususan, joylardagi yuqori kuchlanishdagi 95 dona podstansiyalarning holati alohida nazoratga olingan bo’lib, har bir elektr qurilmalarining mustahkamligi va sovutish uskunalarining sozligi ko’rikdan o’tkazilmoqda. Barcha qurilmalar va tarmoqlardagi ulanish nuqtalarining haroratini maxsus “Teplovizor” qurilmasi yordamida o’lchash ishlari olib borilmoqda va aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmat

ELEKTR JIHOZLARDAN FOYDALANISH BO’YICHA AYRIM MASLAHATLAR

Elektr jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish muhimligini, aks holda yong‘in, elektr tokidan zararlanish va boshqa shu kabi noxush holatlar kelib chiqish xavfi mavjudligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Kundalik hayotimizda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ayrim ko‘rsatmalarga rioya qilsak, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olgan bo‘lamiz.

ISROFGARCHILIKKA YO’L QO’YMAYLIK

Elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaning. Bugungi hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz.

Hurmatli yurtdoshlar, har birimiz xonadonimiz yoki ish joyimizda elektr energiyasidan oqilona hamda tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz zarur.

Shuningdek, quyoshli yurtimizning tabiiy imkoniyatidan foydalanib, quyosh panellari hamda quyosh suv isitgichlarini o’rnating va daromadingizni oshiring.

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, G’ijduvon tumanidagi “Nayman” 35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Ishga taklif etamiz

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ elektr uskunalari va tarmoqlariga xizmat ko’rsatuvchi elektromontyor lavozimi bo’yicha bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilganligini ma’lum qiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lganlardan 2025 yilning 13 iyun kuni soat 18:00ga qadar “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Xodimlar bilan ishlash bo’limiga kelib, kerakli hujjatlarni taqdim etishlari so’raladi.

✅ Tanlov 2025 yil 16 iyun kuni soat 10:00da boshlanadi.

Talablar: Mutaxasisligi bo’yicha Energetik (Oliy yoki o’rta maxsus)

Manzil: Buxoro shahri, Sanoatchilar ko’chasi 1/1 uy
Xodimlarni boshqarish bo’limi: ☎️ (65) 225 4264

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ