Jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda jamiyat rahbari tomonidan nafis qalb egalariga jamoadagi mehnati va shijoati uchun chuqur hurmat-ehtirom va ezgu tilaklar bildirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hayot bog’larida tikonlar so’lsin,
Umr yo’llaringiz gullarga to’lsin,
Nurlarga belandi bu kun zamin ham
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Bolam deb g’am chekkan mehribonlarim,
Tashvishi bir ummon, quvonchi yarim,
Ey, mening jannatiy onajonlarim,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Qalbida dard ammo, yuzlari hushhol,
Sabr, bardoshidan mashaqatlar lol
Olamni nurafshon aylagan ayol,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Tabassum ketmasin yuzlaringizdan,
Quvonch yoshi tomsin ko‘zlaringizdan,
Chamanlar gullasin izlaringizdan,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.