Podstansiyasida quvvati 10 000 kVA bо‘lgan kuch transformatori 25 000 kVAlisiga almashtirildi

Buxoro viloyati aholisi, ijtimoiy obyektlar va tadbirkorlarni har bir mavsumda barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining ustuvor vazifasi sanaladi. Ayni shu vazifa asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar doirasida hududlar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash ishlari amalga oshiriladi.

Joriy yilda ham bu borada qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning quvvati bir necha barobarga oshirilayotir. Ana shunday yangilanishlardan biri Shofirkon tumanidagi “Yaxshi Norovich” 110/35/10 kV podstansiyasida bajarildi. Bu yerdagi quvvati 10 000 kVA bо‘lgan kuch transformatori 25 000 kVAlisiga almashtirilib, ishga tushirildi.

Batafsil: