Til bu – millat ko’zgusi

Albatta, til bu – millat ko’zgusi. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o’zbek tili – ona tilimiz ta’sirida shakllangan. So’ngi yillarida barcha sohalar kabi davlat tilida ish yuritish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha keng qamrovli, tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xo’sh, bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda qanday ishlar olib borilmoqda? Korxonada ish yuritish, “O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq tashkil qilinganmi? Shu kabi savollarga javob topish maqsadida bugun «HET» AJ raisining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha maslahatchisi D.Habibova boshchiligidagi Tashkiliy qo‘mita a’zolari Buxoroda bo’lishdi. O’rganishlar davomida davlat tilida ish yuritish, xodimlarning til bo‘yicha bilimlarini oshirib borish va filialda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqildi hamda aniqlangan xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash bo‘yicha aniq tavsiyalar berilib, tuzatishlar kiritish uchun muddatlar belgilandi.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tashabbusi bilan “Davlat tili to’g’risida” gi qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag’ishlab “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida o’tkazilayotgan tanlov natijalari bo’yicha hisobotlar tinglandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Jondor tumanidagi “Luqmon” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganildi va qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati