Aholining murojaati ijobiy yechim topdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar eng avvalo, inson qadrini ulug’lashga, odamlarning o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashga qaratilmoqda. Ayniqsa, aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni tizimli ravishda hal qilish choralari ko’rilmoqda. Shu o’rinda, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq bo’lgan murojaatlarning yechim topishi borasida ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa o’z navbatida xalqimizning turmushi farovonligining oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kuni kecha, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Buxoro tumani “Shexoncha” MFY Shexoncha ko’chasining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Aholi murojaatlardan kelib chiqgan holda, hududga temir-beton tayanchlar rostlandi va quvvati 63 kVA bo’lgan qo’shimcha transformator punkti o’rnatilib, ishga tushirildi. Natijada Shexonchaliklarning me’yor darajasidagi elektr energiyasiga bo’lgan talabi qondirildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati