Elektr qurilmalari ta’mirlanmoqda.

Kuz – qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan barcha transformator punktlari ko’rikdan o’tkazilib, joriy ta’mirlash jarayonlari olib borilmoqda. Xodimlar transformator punktlarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish, transformatorning moy sathini me’yor holatiga keltirish ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Amalga oshirilayotgan ishlar iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Usmonsheyx” MFY binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Olot tumanidagi “Usmonsheyx” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganildi va qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati