Yuqori kuchlanishdagi elektr taqmog’i qurilmoqda.
Sir emaski Buxoro viloyati o’zining ulkan turizim salohiyatiga ega bo’lgan ko’hna va navqiron manzillardan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun bu qadimiy zaminga har yili ko’plab mahalliy va xorijiy sayyohlar qadam ranjida qilib, uning tarixiy ulug’vorligidan quvonchga to’lishadi. Albatta tarixiy yodgorliklarga boqib, ulardan zavq oluvchi sayyohlar viloyatdagi xizmat ko’rsatish sifatiga ham alohida e’tibor qaratishlari tabiiy. Shu munosabat bilan Buxoroda ko’plab zamonaviy xizmat ko’rsatish uylari hamda hashamatli mehmonxonalar qad ko’tarmoqda. Anashunday bunyodkorlik maskanlarini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Buxoro shahrining “Abduxoliq G’ijduvoniy” ko’chasida qurilgan mehmonxonalar elektr energiyasi ta’minoti uchun 35 kV kuchlanishdagi yer osti kabel tarmog’ini yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Buning uchun korxonaning 100ga yaqin ishchi xodimlari va maxsus texnikalar jalb qilingan. Hozirda 3500 metr uzinlikdagi tarmoqni qurish ishlari olib borilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati