Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan О‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qо‘shimcha dam olish kunlari (31-avgust 3-sentabr) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bо‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud tо‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali tо‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tadi.

Ma’lumot uchun: respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Mavsumga_tayyorgarlik

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz – qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, “Do’stlik” 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va yopiq taqsimlash uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, podstansiyadagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Nurchilar hasharda.

Yurtimiz bo’ylab 24-25-avgust kunlari o’tkazilayotgan “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi hamda uning tarkibidagi barcha bo’lim va xizmatgohlar, tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Hasharda katta-yu kichik birlashib, bino-inshootlar atroflarini obodonlashtirish, oqlash va daraxtlarga shakl berish ishlarini hamjihatlikda olib bormoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Yuqori kuchlanishdagi elektr taqmog’i qurilmoqda.

Sir emaski Buxoro viloyati o’zining ulkan turizim salohiyatiga ega bo’lgan ko’hna va navqiron manzillardan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun bu qadimiy zaminga har yili ko’plab mahalliy va xorijiy sayyohlar qadam ranjida qilib, uning tarixiy ulug’vorligidan quvonchga to’lishadi. Albatta tarixiy yodgorliklarga boqib, ulardan zavq oluvchi sayyohlar viloyatdagi xizmat ko’rsatish sifatiga ham alohida e’tibor qaratishlari tabiiy. Shu munosabat bilan Buxoroda ko’plab zamonaviy xizmat ko’rsatish uylari hamda hashamatli mehmonxonalar qad ko’tarmoqda. Anashunday bunyodkorlik maskanlarini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Buxoro shahrining “Abduxoliq G’ijduvoniy” ko’chasida qurilgan mehmonxonalar elektr energiyasi ta’minoti uchun 35 kV kuchlanishdagi yer osti kabel tarmog’ini yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Buning uchun korxonaning 100ga yaqin ishchi xodimlari va maxsus texnikalar jalb qilingan. Hozirda 3500 metr uzinlikdagi tarmoqni qurish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati