BUXORODA QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQLARI О‘TKAZILMOQDA

Buxoro viloyatida 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda betalafot o‘tkazish, energetika tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga barqaror elektr energiyasini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish holatlari yuzasidan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari bo’lib o’tmoqda.
Qo‘mondonlik-shtabi o’quv mashqlari davomida Vobkent tumanidagi “Kulolchi” 110/10 sodir bo’lgan favqulodda uzilishlarni bartaraf qilish va Buxoro shahridagi 63-sonli transformator punktiga kiruvchi kabel tarmog’ida sodir bo’lgan nosozliklarni tezkorlik bilan ta’mirlab elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash choralarini ko’rish bo’yicha o‘quv mashqlar olib borildi.
Shuningdek, Qo‘mondonlik-shtabi tomonmidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJdagi zahira materiallari o’rganildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ “FITCH RATING” AGENTLIGINING XALQARO KREDIT REYTINGINI BARQAROR SAQLAB KELMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jahonda yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining “BB-” barqaror darajadagi xalqaro kredit reytingini saqlab qoldi.

Agentligining joriy yil 20 avgustdagi hisobotida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro indikativ reytingini “BB-” “Barqaror” darajada qayta tasdiqladi.

Batafsil