Hududlar kesimida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
⚡️“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Aj tomonidan kuz qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, iste’molchilarni barqaror va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, hududlar kesimida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, jamiyatning Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Zarafshon 2” 35 kV havo elektr uzatish tarmog’ida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Maxsus texniklar yordamida salqi simlarni tortish, ulanish qismlarini mahkamlash ishlari bajarildi. Bu esa o’z navbatida elektr energiyasi iste’molchilariga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati