“O’zbekiston” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Belgilangan yillik reja grafigi asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “O’zbekiston” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ushbu podstansiyadagi 35 kVli moyli o’chirgich mukammal ta’mirlandi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati