BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan seminar bo’lib o’tdi.
Tadbirda Buxoro viloyat prokuraturasi bo’lim prokurori O’.Ziyodullayev, Buxoro tuman adliya bo’limi boshlig’i A.Bafoyev hamda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi bo’lim va xizmatgohlarning boshliqlari hamda tuman shahar elektr ta’minoti korxonalarining rahbarlari, bosh muhandislari, boshliq o’rinbosarlari ishtirok etdilar.
Tadbirda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo’lib, unga qarshi kurashish barchamizning sharafli burchimiz ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan bugungi kunda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati