Maxsus taktik o’quv mashqlari bo’lib o’tdi.
Jondor tuman elektr ta’minoti korxonasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkazildi.
O’quv mashg’ulotida Jondor tuman elektr ta’minoti korxonasining favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shayligi sinovdan o’tkazildi hamda favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda to’g’ri harakat qilishga va uning oqibatlarini bartaraf etishga tayyor deb baholandi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati