Elektr uzatish tarmog’i yangilanmoqda.

Buxoro shahrining “Foshun” hamda “Do’stlik” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelayotgan “6 – kichik tuman” 6 kVli elektr uzatish tarmog’ining bir qismida yangilash ishlari olib borilmoqda. Hududga Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida 6 dona mustahkam temir – beton tayanchlari tiklandi. Endilikda havo elektr uzatish tarmog’idagi simlarni yangilash ishlari olib borilmoqda. Montaj ishlari yakuniga yetkazilganidan so’ng hudud aholisi va tadbirkorlari yanada sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati