Murojaatlar o’z yechimini topmoqda

Shofirkon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Temirchi” mahalla fuqarolar yig’ini Boylar qishlog`ida yashovchi fuqarolarning murojaatlariga asosan, aholining elektr energiyasi ta`minotini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududga maxsus texnikalar yordamida 7 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatildi. Shuningdek, 400 metr uzinlikdagi SIP kabellarini tortish rejalashtirilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ: 2022 YILDAGI FAOLIYATNING ASOSIY KО‘RSATKICHLARI

2022 yil davomida Jamiyat tarkibiy korxonalari tassarufidagi 35-110 kV kuchlanishli 1 787 ta podstansiyadan chiquvchi, 96 017 dona transformator punkti va 270,3 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali 390,3 ming yuridik hamda 7,4 mln. maishiy iste’molchilarga 68,0 mlrd kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bо‘lib, 2021 yilning mos davriga nisbatan о‘sish sur’ati 105,6 foizni tashkil etdi.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

#Jarayon

Ob-havoning noqulayliklariga qaramay Shofirkon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Jo’shora” MFY Jo’sho’ra qishlog`ida yashovchi fuqarolarning murojaatlariga asosan elektr energiya ta`minotini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududga maxsus texnikalar yordamida 5 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatildi. Shuningdek, 400 metr uzinlikdagi SIP kabellarini tortish rejalashtirilgan.

▶️MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Joylarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” maqsadida uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan Jondor tumani “Luqmon” MFY hududida Korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish, hamda mahallada fuqarolarni korrupsiyaviy xolatlarga duch kelmasliklari va bunday yomon illatdan ogox bo’lishlari to’g’risida suhbat o’tkazildi.

Soha xodimlari “Buxoro HETK” AJ tomonidan viloyat aholisi va ijtimoiy soha obektlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida doimiy ravishda ishlar amalga oshirib kelinayotganligini, siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik xavf-xatarlar bilan bir qatorda yana bir xavf bu ham bo’lsa jamiyat rivojiga g’ov bo’layotgan yana bir illat bu “Korrupsiya” balosi ekanligini, korrupsiya – shaxsning o’z mansab va xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishini va boshqalarni misollar bilan tushuntirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat xavfsizligi kaliti ekanligi, bundan tashqari, yig’ilish davomida ishtirokchilarga bu yo’nalishda to’liq ma’lumot berildi.

Bu illatning tarqalishiga to’sqinlik qilish nafaqat huquq tartibot hodimlari vazifasi, balki har birimizning vazifamiz ekanligi aloxida ta’kidlab o’tildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlari ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Mutaxassislar balandligi 25 metr bo’lgan tayanchlarga chiqib, ta’mirlash ishlarini olib bormoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 2 fevral soat 00:00dan 3 fevral soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati