Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 2 fevral soat 00:00dan 3 fevral soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati