Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriy binosida quyosh panellari o’rnatildi.
Joriy yilning 10 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obʼektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʼilishi oʼtkazildi.
Mazkur yigʼilishda qayta tiklanuvchi energiya uskunalarini oʼrnatgan aholi va tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha yangi tizim joriy etilishini taʼkidladi. Darhaqiqat, ushbu amaliy ishlar davlat organlari, korxona va tashkilotlarning maʼmuriy binolarida, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi, muqobil energiya manbalaridan xususan, quyosh energiyasidan samarali foydalanish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriy binosida soatiga 50 kVt elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo’ljallangan 93 dona quyosh panellari o’rnatildi.
Shuningdek, olib borilayotgan amaliy ishlarning uzviy davomi sifatida jamiyat tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari binolarida 5 kVtdan jami bo’lib soatiga 60 kVt quvvatdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi quyosh panellarini o’rnatilishi rejalashtirilgan.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati