Buxoro tuman elektr ta’minoti korxonasida maxsus taktik o’quv mashqi o’tkazildi.
Buxoro tuman elektr ta’minoti korxonasida maxsus taktik o’quv mashqi o’tkazildi.
Buxoro viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Buxoro tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan “Buxoro tuman ETKda favqulotda vaziyatlar sodir bo’lganda ob’ekt rahbariyati hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining FVDqT xizmati tuzilmalari bilan hamkorlikdagi harakati” mavzusida maxsus taktik o’quv mashqi bo’lib o’tdi. O’quv mashqida xodimlarning ob’ektda yong’in sodir bo’lganda avariya qutqaruv ishlarini amalga oshirish bo’yicha tuzilgan tadbirlarning samaradorligi tekshirildi va favqulotda vaziyatlar yuz bergan hududdan odamlarni qutqarish va moddiy boyliklarni asrash bo’yicha xodimlarning amaliy malakalari sinovdan o’tkazildi. Shuningdek, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulotda vaziyatlar sodir bo’lganda ob’ekt barqarorligini oshirish bo’yicha mutaxassislar tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilib, xodimlarga batafsil tushunchalar berildi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati